Joriy yilning 12- oktyabr kuni “Termiz MTU” UK tarkibidagi korxona va tashkilotlar hamda stansiyalardan Toshkent shahrida yer usti metropoliteni linyasining 2-bosqich qurilish ishlariga jalb etilgan hodimlar holidan habar olish maqsadida Uzel boshligʻi A.X.Axmedov, Xodimlar va ijtimoiy masalalar boʻlimi boshligʻi O.X.Toʻraev, Iqtisodiy tahlil va prognozlashtirish boʻlimi boshligʻi Z.Z.Nishonov va Yetakchilar Kengashi raisi B.J.Najmiddinovlar tashrif buyurishdi. Ishchi xodimlarning ovqatlanishi, yuvinish joylari, yotoqxonalari koʻrib chiqilib kamchiliklar bartaraf etildi va ish joyida mehnat muhofazasi talablariga amal qilinayotgani ham koʻrilib ishchi xodimlar bilan suxbat qilindi. Shu bilan bir qatorda ishchi xodimlarning tushlik vaqtiga jonliq soʻyilib osh damlandi.

Batafsil: https://t.me/TERMIZ_MTU