AO “Yo’lreftrans’

Temir yo’l xizmatlaridan, izotermik vagonlarda tez aynidigan yuklarni tashish maqsadida foydalanadigan yuk tashuvchilar diqqatiga

  “Yo’lRefTrans” Aksiyadorlik Jamiyati davlat mulkchilik shaklida tashkil topgan bo’lib, “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyatinig boshqarma yo’nalishlaridan birga kiradi.

  “Yo’lRefTrans” AJda halqaro sifat menejmenti ishga tushurilgan va ISO 9001-2008 tizimi talablari bo’yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, tez aynidigan oziq ovqatlarni saqlash va tashish refrejerator bo’linmalari ishga kiritilgan va xizmat sifatlari oshirilgan.

  “Yo’RegTrans” AJning asosiy hizmat ko’rstish yo’nalishlaridan bu, MDX va Boltiq bo’yi davlatlariga tez aynidigan maxsulotlarni izotermik bo’linmalarda harorat darajasini nazorat qilib yetkazib berish.

Izotermik vagon bo’linmalar birnchi navbatda tez aynidigan (meva va sabzavotla, poliz ekinlari va boshqa maxsulotlar) haroratini bir maromda saqlash kerak bo’lgan maxsulotlarni tashishga ishlatiladi.

“Yo’lRefTrans”  AJ quyidagi hizmatlarni ham ko’rsatadi:

–   MDX davlatlari hududlari bo’lab yuklarni tashish;

– mijozlarning talab-hohishi bilan yuk ortishga 4-tali yuk vagonlari va qisqartirilgan (uzaytirilgan) refrijirator bo’linmalari vagonlarini yuklashga tayorlab berish;

–   kelishuvga asosan refrejerator bo’linmalarini o’tkazishni nazorat ostiga olish va mijozlarni xabardor qilib borish;

–   vagonlarning yuklarini belgilangan manziliga kuzatib  borish;

– O’zbekiston hududi bo’yilab (mijozlar bilan kelishuv asosida) izotermik vagonlarda yuklarni tashish bo’yicha eng kam tarif stafkalarini taqdim etish;

Yuk jo’natuvchilarga Toshkent-tovarniy, To’qimachi, Jomboy, Samarqand bekatlarida to’htab turish joylarida elektr-ta’minoti bo’yicha maxsus sharoitlar tashkil qilingan. Yangiyo’l bekatining to’htab turish joyida ham refrejerator bo’linmalarini elektr-ta’minoti bo’yicha ishlar olib borilmoqda.

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan bekatlarda yuk ortish mayonchalari, yoritish uskunalari va avtomobil yo’laklari tayorlab qo’yilgan.

Imtiyozli tariflar:

– MDX  davlatlarida, Gruziya, Estoniya Respublikasi va Latviya Respublikalarida yetishtirilib chiqarilgan barra mevalar va poliz ekinlarini tashishda va temir yo’llar tarifi kelishuviga a’zo temir yo’l bekatlardan yuborilgan  refrejerator bo’linmalariga tarif bo’yicha 0,6 koefitsenti qo’llaniladi;

– 0,85 koefitsenti, beshta yuk vagoni va bitta dizel-genirator refrejirator bo’linmalarida qo’llaniladi;

-refrejirator vagonlarida eksportga tashilayotgan tez aynidigan maxsulotlar AJ “O’TY” yo’nalishi bo’yicha 100 km dan ortiq masofaga 0,75 koefitsenti qo’llaniladi. 

Yukning saqlanishi, eksportga jo’natilayotgan tez aynidigan mahsulotni xaroratini nazorat qilish va kuzatib borish refrejerator mo’linmasiga biriktirilgan mehaniklar tomonidan amalgam oshiriladi.

“Yo’lRefTrans”  AJ  bo’linmalari turli xil yuklarni tashish xususiyatiga ega.

Yil fasillari va obixavo sharoitiga qaramay yuklarni muntazam ravishda tashishni ta’minlaydi.

Xarakatlanuvchi Izotermik takibni (XIT) ajratish, tez aynidigan yuklarni tashish va yuk tashish uchun ijaraga berilgan vagonlarni AJ “Yo’lreftrans” rejalashtiradi va rasmiylashtiradi.

Ekspeditorlik kodi mavjutligi sharti bilan qabul qilingan arizalarga asosan (yuk tashishga oid tarifga to’lovi), yuk jo’natuvchi berilgan yo’nalish bo’yicha, jo’natilish rejasi tuzadi.

“Yo’lreftrans” AJ hususan bundan buyon endi uzilgan barra mevalar va poliz ekinlarini refrejirator bo’linmalarida qo’shni hamkor davlatlarga tashish bilan davlatimiz eksport potensialini oshirib borishga o’z hissasini qo’shib boradi.  

“Yo’lRefTrans” AJ ma’muriyati