Davlat xizmatlari

Jismoniy va yuridik shaxslarga “O’zbekiston temir yo’llari” AJ tomonidan ko’rsatilayotgan davlat xizmatlari ro’yxati

1.  Harakatlanadigan tarkibning umumiy foydalaniladigan temir yo’llarga chiqishi uchun ruxsat berish. 
2.  Temir yo’l shaxobcha yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilishda ruxsat berish. 
3. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish bo’yicha davlat xizmatlarini ko’rsatish. 
4. “O’zbekiston temir yo’llari” AJ rahbarlari shahsiy qabuliga yozilish. 
5.  Bo’sh ish o’rinlari e’loni. 
6.  Mamlakatning transport kommunikasiya kompleksi: avtomobi yo’llari va temir yo’llar, fuqaro aviasiyasi to’g’risida axborotlar taqdim etish; 
7.  Yo’lovchi tashish temir yo’l va aviasiya transporti qatnovlari jadvalini, vokzallarning ma’lumotlar berish xizmatlari ro’yxatini taqdim etish; 
8.  Elektron temir yo’l chiptalarini band qilish va sotish xizmatlari ko’rsatish, poezdlarda yo’l haqi narxi to’g’risida axborot berish; 
9   “O’zbekiston temir yo’llari” AJning tuzilmasi, tarkibi, funksiyalari, va asosiy faoliyati, ularda jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlarini ko’rib chiqish tartibi to’g’risida axborotlar taqdim etish. 

 «O’zbekiston temir yo’llari» DATK boshqaruv raisining 2014 yil 16 iyundagi 234-N sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan  jismoniy va yuridik shahslarga ko’rsatiladigan temir yo’l transporti sohasidagi xizmatlar ro’yxati.

  • Logistika, yuktashish va tijorat ishlari boshqarmasi;

1. Mijoz talabnomasiga binoan vagon va konteynerlar manzillarini o’zgartirish;
2. Mijoz talabnomasiga binoan vagon yoki konteynerlarga qo’shimcha rejalar ajratish;
3. Mijoz so’roviga muvofiq yukni jo’natishga qabul qilishda va Yukni topshirishda yukning vaznini o’lchash va tekshirib olish;
4. Yuk jo’natuvchining so’roviga binoan yuk tashish rejasida vagonlar turi, yuklar turi, jo’natish stansiyasi, qabul qilish stansiyasi bo’yicha o’zgartirish kiritish;
5. Mijoz so’roviga binoan temir yo’l transporti mutaxassisining joyga chiqishi;
6. Yuk jo’natuvchi talabnomasiga binoan qo’shimcha reja bo’yicha uchinchi mamlakatga Yuklarni eksportga jo’natish kelishuvi;
7. Mijoz talabnomasiga binoan temir yo’l idoralariga taalluqli bo’lmagan tashkilotlarga tegishli taroz asboblarini nazorat tekshirish, ta’mirlash va xizmat ko’rsatish bo’yicha rejadan tashqari va rejali ishlarini bajarish;
8. Yuk egasining so’roviga muvofiq stansiyaning yuklovchi va yuk tushiruvchi yo’llarida vagonlar bilan manyovr ishlarni bajarish;
9. Yuk tashish hujjatlarining blanklari va boshqa blanklarni tayyorlash bilan bog’liq harajatlariga muvofiq ularni ikkilamchi qayta taqdim etish;
10. Mijoz so’roviga binoan muvofiq bojxona va ekspeditorlik tashkilotlariga yuk tashish shart sharoitlari va to’lovlari haqida ma’lumotnomalar berish;
11. Yuk jo’natuvchi so’roviga binoan yuk tashish rejasini bajarish bo’yicha hisobga olish varaqasining ikkinchi nushasini to’ldirish;
12. Yuk jo’natuvchi o’rniga vagonlar, konteynerlar kuzoviga xavf-xatar belgilari va andazalarini bosish;
13. Yuk jo’natuvchi, yuk qabul qiluvchiga taalluqli hujjatlarning nushalarini  qayta taqdim etish;
14.  Mijoz so’roviga binoan yuk tashish hujjatini to’ldirish;
15.  Yuk kelganligi haqida telefon, telegraf, chopar orqali ikkilamchi xabar berish;
 16. Yuk jo’natuvchi yoki yuk qabul qiluvchi talabiga binoan yuk qabul qiluvchini aniqlashtirish bilan bog’liq,yuk tashish arizasiga o’zgarishlar kiritilishi (shaxsiy va xo’jalik Yuklaridan tashqari), manzilning o’zgarishi bo’yicha temir yo’lni xabardor qilish;
17.  Mijoz arizasiga muvofiq umumiy foydalanishga taalluqli bo’lmagan joylarga Yuklashga va tushirishga yuborilayotgan vagonlarga bo’r bilan belgilarni yozish;
18. Bepul saqlash uchun belgilangan me’yordan oshgan holda  yuklarni saqlash;

  • Tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi

1.  Yuk jo’natuvchi so’roviga binoan Hisoblash Markazi ma’lumotlar bazasi yordamida egalik mamlakatiga qaytarish tartibi bo’yicha vagonning bo’shligi holatini tekshirish;
2.  Mijoz talabnomasiga binoan yuklarni, yuklash va tushirish stansiyasining ro’yxatiga olingan vagonlarida tashish;
3.  Mijoz so’roviga muvofiq yuklarni uning belgilagan sutkaning aniq davrida vagon va konteynerlarga yuklashga va tushirishga berish;
4.  Mijoz so’roviga binoan vagonlardan yuk tushirish va boshqa maqsadlarda siqilgan xavoni lokomotivdan yoki temir yo’lning stasionar moslamalaridan etkazib berish;
5.  Yuk jo’natuvchilar so’roviga binoan o’n kunlik muddatdan oldin arizalarni bajarish uchun yuk yuklashga vagonlar bilan ta’minlash;
6.  Kontragentlar bo’yicha vagonlarni yuklash va yuk tushirish ko’lami bo’yicha ularning so’roviga binoan kirish yo’laklariga ko’yish;
7.  Mijoz talabnomasiga binoan bir vagonni stansiya ichida bir yo’lakdan boshqa yo’lakga tashish;
8.  Mijoz so’roviga binoan yuklarni xalqali yo’nalishlarda, jo’natish va kelish muddatlarini kelishilgan holda tashish;
9.  Mijoz so’roviga binoan yuklash amaliyotlariga mo’ljallanmagan stansiyalarda vagonlarni berish va tozalash;
10. Mijoz so’roviga binoan vagonlarni yuklashga va yuk tushirish uchun yuk saroylari yoki boshqa umum foydalanish joylariga tozalashga berish;

  • Hamma Mintaqaviy temir yo’l uzellari

1. Mijoz so’roviga binoan temir yo’l umumiy foydalanish yo’llarida yuk jo’natuvchilarning (yuk qabul qiluvchilarning) shaxsiy yoki ijaradagi harakatlanuvchi tarkibni tek qoldirish;

  • Vagon xo’jaligi boshqarmasi

1. Yuk jo’natuvchi o’rniga vagon va konteynerlarni, uning so’roviga binoan tashishga tayyorlash;

  • Yo’l xo’jaligi boshqarmasi

1. Temir yo’l kuch va vositalari orqali kirib kelish yo’laklaridagi  hududlarida joylashgan darvozalarni, o’tish joylarda shlagbaumlarni ochish va yopish,  strelka o’tkazgichlarni o’tkazish, umumiy foydalanish joylariga taalluqli bo’lmagan yo’llar va strelka o’tkazgichlariga xizmat ko’rsatish va ta’minlash;

  • “O’zbektemiryo’lekspedisiya” UK

1. Mijoz so’roviga binoan vagon va konteynerlarni etkazib berish muddati chiqqunigacha qidirish va kuzatib borishni amalga oshirish;
2. Mijoz shartlari bo’yicha yukni tashishga eng maqbul yo’nalish chizmalarini tanlash;
3. Boshqa ekspeditorlarning xizmatlar turi, tariflari va ish tartibi haqidagi ma’lumotlar;
4. Yuk tashishni bajarganlik bo’yicha tashuvchi bilan hisob-kitobni amalga oshirish;

  • “O’ztemiryo’lkonteyner” AJ

1. Temir yo’lning umumiy va umumiy bo’lmagan foydalanish joylarda temir yo’l vositalari va ishchi kuchi yordamida (donali yuklar, og’ir Yuklar, quyma Yuklar, yog’och materiallar, va metalli materiallarni) Yuklash va tushirish ishlari va unga bog’liq bo’lgan qo’shimcha operasiyalar va xizmatlar;
2. Mijozning arizasiga binoan  temir yo’l quyi tashkilotlariga taalluqli bo’lmagan, korxonalarga tegishli  o’lchash jihozlarini nazoratdan o’tkazish, ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatish bo’yicha  rejadagi va rejadan tashqari ishlarni bajarish;

  • “O’ztemiryo’lyo’lovchi” AJ

1. Temir yo’l chiptalarini sotish.

Temir yo’l shaxobcha yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish va temir yo’llarga chiqishi uchun ruxsat berish reglamentini yuklash.

Tadbirkorlik sub’ektlarining «O’zbekiston temir yo’llari» Davlat-aksiyadorlik kompaniyasida temir yo’l transporti sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tishi tartibi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida O’zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorini yuklash.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish bo’yicha davlat xizmatlarini ko’rsatish tartibiniyuklash.