“O’zbekiston temir yo’llari” AJning investitsion siyosati

“O’zbekiston temir yo’llari” aktsiyadorlik jamiyati bo’yicha
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3507 sonli qarorining bajarilishi yuzasidan
2018 yil yakunlariga ko’ra o’zlashtirish bo’yicha
M A’ L U M O T

(01.01.2019 yil holatiga)

“O’zbekiston temir yo’llari” AJ bo’yicha joriy yilda umumiy qiymati 506.55 mln. AQSh dollarlik jami 50 ta loyixa amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo’lib, 2018 yil yakunlariga ko’ra 527,32 mln. AQSh dollari miqdorida mablag’ o’zlashtirildi (yil rejasiga nisbatan 104%), bundan:

  • Davlat byudjeti hisobidan o’zlashtirish va jalb qilish 61.64 mln. AQSh dollar miqdorida belgilangan;
  • Jamiyat mablag’lari hisobidan o’zlashtirish– 251,40 mln. AQSh dollar;

-Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari hisobidan o’zlashtirish – 40.23 mln. AQSh dollar;

  • Davlat kafolatidagi chet el sarmoyalari hisobidan o’zlashtirish – 126.86 mln. AQSh dollari;
  • To’g’ridan-to’g’ri chet el sarmoyalari – 29,78 mln. AQSh dollari;
  • Tijorat banki kreditlari hisobidan 17,41 mln. AQSh dollari miqdorida mablag’ o’zlashtirildi.

Bundan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi PQ-3507 sonli “2018 yil investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish dasturini tasdiqlash to’g’risidagi”qaroriga muvofiq amalga oshirish rejalashtirilgan 16 ta loyiha bo’yicha rejalashtirilgan 338.09 mln. AQSh dollar o’rniga, 350,71 mln. AQSh doll. o’zlashtirildi (yil rejasiga nisbatan 104%), bundan:

  • Davlat byudjeti hisobidan – 61,64 mln. AQSh dollari;
  • Jamiyat mablag’lari hisobidan – 105,57 mln. AQSh dollari;
  • Tijorat bank kreditlari – 16,41 mln. AQSh dollari;
  • Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari hisobidan 40,23 mln. AQSh dollar;
  • Davlat kafolatidagi chet el sarmoyalari hisobidan 126,86 mln. AQSh dollar miqdorida mablag’ o’zlashtirildi.

Harakat tarkibini yangilash loyihalari bo’yicha 2018 yil yakunlariga ko’ra rejalashtirilgan 29 ta lokomotiv sektsiyalari, 3254 ta yuk vagonlari qayta tiklandi va modernizatsiya qilindi, 515 ta yuk vagonlari qurildi, undan tashqari 186,0 km temir yo’llar reabilitatsiya qilindi.

2018 yil yakunlariga ko’ra ishga tushirilishi rejalashtirilgan loyihalar to’g’risida:

“O’zbekiston temir yo’llari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan 2018 yilda Urgench – Xiva temir yo’li qurilib, foydalanishga topshirildi, Qarshi – Kitob temir yo’l liniyasi elektrlashtirildi, Toshkent janubiy vokzali qayta ta’mirlandi, To’raqo’rg’on mexanika zavodida ishlab chiqarish quvvatini oshirish va modernizatsiya qilish ishlari yakunlandi.