«O’zbekiston temir yo’llari» aksiyadorlik jamiyatining faoliyati
“O’zbekiston temir yo’llari” AJ O’zbekiston respublikasi hududida joylashgan sobiq O’rta Osiyo temir yo’llari bazasida 1994 yil 7 noyabrda tashkil topgan. Umumiy temir yo’l uzunligi 3645 kmni tashkil etadi. Jamiyatda 54.7 mingdan ortiq xodimlar faoliyat ko’rsatadi. Yillik yukni ayirboshlash barcha turdagi transportlarning yuk ayirboshlashi qo’shilmasining 90% tashkil etadi.
Hozirgi kunda jamiyat tuzilamasi tubdan isloh qilinmoqda. Alohida e’tibor muayyan sohalarni hususiylashtirishga qaratilmoqda.
Jamiyatning asosiy faoliyat yo’nalishlari quyidagilardir:
- tarqatish va temir yo’l orqali yuklarni yetkazib berish;
- temir yo’l vagonlarini sozlash va texnik xizmat ko’rsatish;
- yo’lovchi, sayyohlik tashishlar;
- xizmat ko’rsatish, lokomotiv va vagon parkini yangilash.
Jamiyat uchun ustuvor yo’nalish quyidagi sarmoya loyihalarini amalga oshirish hisoblanadi:
- optik tolali liniyalar yordamida aloqa kanallarini mustahkamlash;
- yangi harakatlanuvchi tarkib sotib olish (elektrovoz va vagonlar) hamda mavjudlarini modernizatsiya qilish;
- yangi temir yo’l liniyalarini qurish;
- temir yo’llarni elektrlashtirish;
- yo’llarni kapital ta’mirlash loyihalarini amalga oshirish, jamiyat zavodlarida yo’lning ustki qurilmasi elementlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish va h.z
Jamiyatda sarmoyaviy qo’llab quvvatlashni talab qiladigan bir necha loyihalar mavjud bo’lib, ular amalga oshirilgan taqdirda sarmoyachiga katta foyda olib kelishni va’da qiladi.
“O’zbekiston temir yo’llari” AJ 1993 yildan beri Temir yo’l Hamkorlik Tashkiloti a’zosidir. Jamiyat Xalqaro Temir yo’llari Ittifoqi va Osiyo va Tinch okeani hududidagi BMTning Iqtisodiy komissiyasi bilan uzviy aloqaga ega.
“O’zbekiston temir yo’llari” AJ TRASEKA(Evropa-Kavkaz-Osiyo transport koridori) loyihasining Evropa Ittifoqi Komissiyasi TASIS dasturi bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.
“O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyatining ish kun tartibi:
Dushanba - Juma: soat 9.00 dan 18.00 gacha
Tushlik: soat 13.00-14.00;
Dam olish kunlari: Shanba Yakshanba