O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.1992 yilda gabul qilingan“O’zbekiston Respublikasi o’quvchilari va talabalarining har yilgi qishki ta’tili to’g’risida”gi PF-517 sonli farmoniga asosan hamda yoshlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni rag’batlantirish va ta’minlash maqsadida qishki ta’til kunlarida “O’zbekiston temir yo’llari” AJ tomonidan O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarning o’quvchi va talaba yoshlar uchun temir yo’l chiptalarini sotib olishga 50% chegirma belgilangan.
IZOH: Yuqori tezlikda harakatlantiruvchi «Afrosiyob» poezdlari va “O’zbekiston temir yo’llari” AJga qarashli bo’lmagan transit poezdlari bundan mustasno.
= = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = =
2018 yil yanvar oyidan boshlab xalqaro yo’nalishlarda qatnaydigan yo’lovchi poezdlariga chiptalarning oldindan xarid qilish muddatiga qarab quyidagicha chegirmalar belgilangan:
45% chegirma – kupe va maxsus vagonlar uchun chiptani poezdning jo’nash kunidan 45-31 kun oldin xarid qilinsa;
35% chegirma – kupe va maxsus vagonlar uchun chiptani poezdning jo’nash kunidan 30-6 kun oldin xarid qilinsa;
Shuningdek, plaskart vagonlar uchun chiptani poezdning jo’nash kunidan 45-31 kun oldin xarid qilinsa, 35% chegirma taqdim etiladi. Plaskart vagonlar uchun chiptani poezdning jo’nash kunidan 30-6 kun oldin xarid qilgan yo’lovchilar 25% chegirmaga ega bo’ladilar.
Chiptani poezdning jo’nash kunidan 5 kun oldin va undan kamroq vaqt qolganda xarid qilgan yo’lovchiga esa, 5% ustama qo’shilishi belgilangan.
Mazkur chegirmalar ichki yo’nalishlar, shuningdek, guruh bo’lib yo’lga chiqqan yo’lovchilarga nisbatan tadbiq etilmaydi.
= = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = =
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.01.2017 yilda gabul qilingan“2017-2021 yillarda Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to’g’risida”gi PQ-2731 sonli qaroriga asosan “O’zbekiston temir yollari” AJ “Qo’ng’irot – Toshkent – Qo’ng’irot”, “Urgench – Toshkent – Urgench”, hamda “Shovot – Toshkent – Shovot” yo’nalishidagi poezdlarda qatnovchi quyidagi toifadagi yo’lovchilarga belgilangan tariflarga nisbatan 50% chegirma joriy qilindi.
• pensionerlar (shular jumlasidan, 1941-1945 yillardagi II Jahon urush qatnashchilari va nogironlari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar, Chernobil AESdagi halokat oqibatlarini bartaraf qilishda ishtirok etganlar);
• nogironlar (birinchi, ikkinchi yoki uchinchi guruh), nogironlik guruhi ko’rsatilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tekshiruv akti ko’chirmasi yoki guvohnoma bo’lgan holda hamda nogironga hamrohlik qiluvchi shaxs;
• 16 yoshgacha bo’lgan bolalikdan nogironlar, nogironlik guruhi ko’rsatilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tekshiruv akti ko’chirmasi yoki guvohnoma bo’lgan holda hamda nogironga hamrohlik qiluvchi shaxs;
• o’qishga ketayo’tgan talabalar, oliy ta’lim muassasasiga taklifnoma yoki oliy ta’lim muassasasiga yollanma, yoki talabalik guvohnomasi va oliy ta’lim muassasasidan ma’lumotnoma bo’lgan holda;
• fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari tomonidan moddiy yordam tayinlangan kam ta’minlangan oilalar a’zolari, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari tomonidan moddiy yordam to’lanayotgan davr uchun ma’lumotnoma bo’lgan holda.
Shu bilan bir qatorda, amaldagi qonunchilik va xalqaro shartnomalarga muvofiq alohida shaxslar uchun kiritilgan imtiyozlar saqlanib qoladi.
Chegirmalarning bir nechta turidan bir vaqtning o’zida foydalanishga RUXSAT BERILMAYDI.
Yo’lovchilar uchun eng manfaatli bo’lgan chegirmalar qo’llaniladi.
= = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = =
Amaldagi O’zbekiston Respublikasi qonunchilik, hukumat qarorlari va MDH mamlakatlarining 1993 yil 12 martdagi Hukumat Rahbarlari tomonidan imzolangan “Nogiron va II Jahon urushi qatnashchilar, hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun imtiyozli sayohat huquqini o’zaro tan olish haqida” Kelishuviga asosan quyidagilarga bir yilda bir marta temir yo’l orqali (2 tomonga) bepul sayohat huquqi berilgan:
– Sovet Ittifoqi qahramonlariga va uch darajali “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan shaxslarga;
– II Jahon urushi qatnashchilar, 1- va 2-guruh nogironlari, harbiy xizmatchilar, ishchilar va yarador bo’lgan xizmatchilr va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
– ChAES halokati bartarafchi nogironlari(O’zbekiston Rspublikasi hududida).
Ushbu chegirmalar O’zbekiston Respublikasi temir yo’l transportida yo’lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarini 2012 yil 13 aprel O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 109-son qarori bilan tasdiqlangan.
= = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = =